O‘zbekiston | 00:34 / 24.04.2021
26029
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada o‘zbek talaba cho‘kayotgan mahalliy o‘smirni qutqarib qoldi

O‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyev cho‘kib ketayotgan yaponiyalik o‘smirga yordam berdi. Bu haqdagi yangilik 21 aprel kuni Yaponiya televideniyesida namoyish etildi.

Yaponiya televideniyesida namoyish etilgan videodan kadrlar

Shu munosabat bilan Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yoshinori Fujiyama O‘rinboyevga minnatdorlik bildirdi.

«Men, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida, O‘rinboyevga o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, Ginovan shahrida dengizda cho‘kib ketayotgan yapon o‘smirini qutqargani uchun chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman.

Hozirda O‘rinboyev Yaponiyaning eng janubiy qismida joylashgan Okinava prefekturasida tahsil oladi. O‘zi ham dengizga birinchi marta tushganiga qaramay, bor kuchi bilan suzib borib, odam qutqargan ushbu o‘zbek o‘smirining jasurligi va vijdonliligi uchun yana bir bor samimiy minnatdorchiligimni izhor etishga ijozat bering», – deya elchining so‘zlarini keltirmoqda Yaponiya elchixonasi.

Eldor O‘rinboyev / Videodan kadr​​

Elchixona relizida ta'kidlanishicha, Yaponiyada g‘arq bo‘layotgan insonga yordam berishga urinayotgan shaxsning o‘zi bilan baxsiz hodisa ro‘y bergan holatlar ko‘p uchraydi.

«Garchi O‘rinboyev tutgan yo‘l dengizga umrida birinchi marta tushgan inson hayoti uchun xavfli bo‘lsa-da, uning ushbu xatti-harakati juda qadrli va ahamiyatlidir», – deyiladi diplomatik vakolatxona Kun.uz'ga taqdim etgan press-relizda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid