Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertlar Tojikistonning soliq siyosati aholi qashshoqligi o‘sishiga sabab bo‘layotganini aytishdi
Yangi Orleandagi universitet mutaxassislari «Tojikistondagi qashshoqlik va tengsizlikka fiskal siyosatning ta'siri» deb nomlangan 40 sahifadan iborat tahliliy hisobot tayyorladi.
Tojikiston budjet-soliq siyosati mamlakatda qashshoqlik va tengsizlik darajasining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi AQShdagi Tuleyn universiteti (Tulane University) tadqiqotida.
Yangi Orleandagi universitet mutaxassislari «Tojikistondagi qashshoqlik va tengsizlikka fiskal siyosatning ta'siri» deb nomlangan 40 sahifadan iborat tahliliy hisobot tayyorlagan.
Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, respublika aholisining kambag‘al qatlamiga tushadigan soliq yuklamasi juda yuqori bo‘lib, u qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga xalaqit bermoqda hamda mamlakatdagi boylar va kambag‘allar orasidagi tafovut kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Hisobot mualliflari qashshoqlarga mo‘ljallangan manzilli ijtimoiy yordam miqdorini soliq ajratmalari kompensatsiyasi va qashshoqlikni kamaytirish uchun yetarli emas, deb hisoblagan.
Bundan tashqari, ularning ta'kidlashicha, kambag‘allarga mo‘ljallangan ijtimoiy xarajatlar amalda ularga yetib bormayapti.
Mutaxassislar aholining qashshoq qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov tizimini yaxshilashni taklif qilgan.
Bundan tashqari, manzilli ijtimoiy yordam hajmini budjet mablag‘lari hisobidan oshirish tavsiya qilinmoqda.
Shuningdek, yuqori daromadga ega bo‘lganlar ko‘proq, kambag‘al qatlam ozroq soliq to‘lashi uchun soliq tizimini qayta ko‘rib chiqish taklif qilingan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024