Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand bosh vaziri yig‘ilishda niqobsiz qatnashgani uchun jarimaga tortildi
Qoidani buzgan hukumat rahbariga 6000 bat (190 dollar) jarima solingan.
26 apreldan Bangkokda niqob taqish rejimi joriy etildi. Ushbu rejimni buzgani uchun birinchilardan bo‘lib mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-Ocha jarimaga tortildi, deb yozadi The Bangkok Post.
Nashrning ma'lumot berishicha, bosh vazir vaksina sotib olish bo‘yicha hukumat yig‘ilishida niqobsiz qatnashgan.
Bangkok gubernatori Asvin Kvanmuang «bosh vazirni tartibni buzganidan xabardor qilgani»ni ma'lum qildi. Hukumat rahbariga 6000 bat (190 dollar) jarima solingan.
Worldometers saytining ma'lumotlariga ko‘ra, Tailandda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 57,5 mingdan oshgan, 148 nafar bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025