Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Chiroqchida yo‘lni to‘sgan ayollar muammosini nazoratga oladi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida bir guruh ayollar 2021 yil 23 aprel kuni A-378 Samarqand – G‘uzor yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Tumanning Qumdaryo mahallasi Oqtunli qishlog‘ida yashovchi o‘quvchilar qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun A-378 avtomobil yo‘lini kesib o‘tishga majbur bo‘layotgani, 21 aprel kuni mazkur yo‘lda 7 yoshli maktab o‘quvchisini yuk mashinasi urib yuborgani va u vafot etgani bunga sabab bo‘lgan.
Yo‘lni to‘sgan ayollar Chiroqchi tuman mas'ullaridan Qumdaryo mahallasidagi maktab qurilishini tezroq tugatib berishni talab qilishgan.
Bugun mazkur noxush hodisa ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda yoritilgandan so‘ng Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi mazkur masalani o‘z nazoratiga olganini ma'lum qildi.
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonovning ma'lum qilishicha, Chiroqchi tumani Qumdaryo mahallasidagi maktab bilan bog‘liq muammo qo‘mita nazoratiga olinadi. Bundan tashqari, Senat Chiroqchi tumanida yashovchi aholi vakillarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganib, natijalari yuzasidan batafsil axborot beradi.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024