Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vaqf» fondi chinakam haqdorlarga zakot bermoqchi bo‘lganlar uchun ko‘mak taklif etadi
Ushbu Ramazon kunlarida saxovatpesha, qo‘li ochiq kishilarimiz dinimiz arkonlaridan biri – yilda bir bor ado etiladigan, mol-dunyoga baraka va poklik bag‘ishlaydigan zakot berishni niyat qilishgan.
Payg‘ambarimiz sollolohu alayhi vassallam: «Albatta, Alloh zakotni behudaga emas, balki imonlaringizni poklash uchun farz qilgan», deb marhamat qildilar.
Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Mollaringizni zakot bilan himoyalanglar» deyilgan.
Ayni Ramazon oyida har bir yaxshi amalning savobi 10 barobardan 700 barobargacha ko‘paytirib berilishidan umid qilib, qo‘li ochiq insonlarimiz zakotlarni ushbu oyda berishga odatlanishgan.
Zakot bermoqchi bo‘lgan oliyhimmat birodarlarga haqiqiy haqdorlarni topish va zakotlarini yetkazishda «Vaqf» fondi eng yaqin ko‘makchi bo‘ladi.
Bu savobli ishda «Vaqf» fondi sizning xolis va shaffof yordamchingizdir. Mablag‘laringiz miskinlar, faqirlar, qarzdorlar va nochor tolibi ilmlarga yetkaziladi.
Zakot mablag‘larini islom dini manbalarida belgilangan kishilarga yetkazishni istagan himmatli mo‘min-musulmonlar quyidagi hisobraqamlarga muruvvat qilishlari mumkin.
Zakot, ushr, fitr, fidya:
H/r: 20212000100881753003
Valuta h/r: 20212840800881753003
Zakotingizni haqli va chinakam egalariga yetkazish – bizning oliy maqsadimizdir. Haq taolo ehsoningizni qabul qilsin!
«Vaqf» xayriya-jamoat fondi
Mavzuga oid
19:10 / 01.06.2022
Fotoreportaj: «Vaqf» fondi 60 dan ortiq bolalarning xatna to‘yini o‘tkazib berdi
20:22 / 17.11.2021
Sardoba suv toshqinida vayron bo‘lgan masjid qayta qurildi
14:53 / 10.11.2021
«Vaqf» fondi 4 yilda masjidlar qurilishi, ta'minoti va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 75 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirdi
09:17 / 07.11.2021