O‘zbekiston | 17:30 / 28.04.2021
3929
2 daqiqa o‘qiladi

Oltiariqda YPX inspektori o‘rnatgan yo‘l belgisini olib tashlagan bir guruh fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

Foto: Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yo‘l-patrul inspektori o‘rnatgan yo‘l belgisini olib tashlagan erkak va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, holat Oltiariq tumani «Muqimiy» MFY hududidan o‘tgan Marg‘ilon yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Inspektor multiradar bilan xizmatni boshlashdan avval yo‘lning ushbu hududi radar nazoratida ekanini bildiruvchi 5.43 yo‘l belgisini o‘rnatgan. Biroq X.Sh. ismli haydovchi tomonidan ushbu belgi o‘zboshimchalik bilan olib tashlangan va haydovchi inspektor oldiga borib, uning xizmatiga xalal bergan. Bundan tashqari, u yaqin atrofdagi boshqa fuqarolar va YPX xodimi o‘rtasida o‘zaro nizo keltirib chiqargan.

Mazkur holat yuzasidan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish) va 195-moddalari (atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etgani uchun 3 nafar fuqaroga 7 sutka va yana 3 nafar fuqaroga esa 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid