9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi
Ayol BYD mashinasini belgilanganidan yuqori bo‘lgan tezlikda boshqarib borayotib, avtobusdan tushgan holda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan. 9 yoshli qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkentda o‘quvchining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Millar dasturi xabar berdi.
Tafsilotlarga ko‘ra, YTH 2024 yil 19 sentabr kuni soat taxminan 13:45 larda Fayzli Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. Sergeli yo‘li shohko‘chasida avtobus belgilanmagan joyda yo‘lovchilarni tushirib qoldirgan. 1983 yilda tug‘ilgan M.A. (ayol) boshqaruvidagi BYD Song Plus avtobus oldidan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchi qizni urib yuborgan. Ayol mashinani shaharda ruxsat etilganidan yuqori tezlikda boshqargan.
Qiz tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.
Holat yuzasidan BYD haydovchisi M.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Keyinchalik poytaxt IIBB matbuot xizmati Kun.uzʼga holat bo‘yicha bir qancha ekspertizalar tayinlanganini, xulosaga ko‘ra haydovchiga nisbatan ehtiyot chorasi masalasi ko‘rib chiqilishini bildirgandi.
JIB Sergeli tuman sudining hukmi bilan BYD haydovchisi M.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topildi. Unga nisbatan 2 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

13:52 / 09.05.2025
Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1 iyundan boshlanadi

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

12:46 / 28.04.2025