O‘zbekiston | 08:34 / 28.04.2021
5364
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘ng‘irot sahrociga yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 2 ming bosh qush qo‘yib yuborildi

Qo‘ng‘irot tumanida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – 2000 bosh yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Tuvaloq O‘zbekiston Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan.  Qushlar Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan «International fund for houbara conservation» markazida ko‘paytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Mavzuga oid