Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram may oyida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushiradi
Telegram’da videoqo‘ng‘iroq funksiyasi o‘tgan yil avgustda paydo bo‘lgandi.
Telegram messenjerida may oyida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushadi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilmoqda.
«May oyida ovozli chatlarimizga video qo‘shamiz, bu esa Telegram’ni guruhli videoqo‘ng‘iroqlar uchun kuchli platformaga aylantiradi. Ekrandan birgalikda foydalanish, shifrlash, shovqinni bosish, stol kompyuterlari va planshetlarni qo‘llab-quvvatlash, siz videokonferensaloqaning zamonaviy vositasidan kutgan barcha narsa tezlik va shifrlash bilan birgalikda Telegram’da», — deyiladi Pavel Durovning Telegram-kanalidagi xabarda.
Telegram’da videoqo‘ng‘iroq funksiyasi o‘tgan yil avgustda paydo bo‘lgandi.
Avvalroq Telegram 8ta to‘lov tizimi yordamida istalgan chatda karta orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025