O‘zbekiston | 18:17 / 29.04.2021
1839
2 daqiqa o‘qiladi

«32 nafar o‘quvchimiz Germaniyada ta'lim olib keldi» - litsey o‘qituvchisi bilan suhbat

Foto: KUN.UZ

Farg‘ona Politexnika instituti qoshidagi akademik litsey  Germaniyaning Gyote instituti bilan shartnoma imzolagan. Dargoh zamonaviy uslubda o‘qitishi bilan bir qatorda o‘quvchilar uchun Germaniyaga bepul sayohat qilish imkoniyati yaratilgan. Litsey 2000 yilda tashkil topgan bo‘lib, 2009 yilda Germaniyaning Gyote instituti bilan shartnoma tuzilgan. 

«Shartnoma asosida o‘quvchilarimizni A1 darajadan boshlab S1 darajagacha Gyote sertifikatiga tayyorlab boramiz. Bu loyiha bo‘yicha har yili o‘quvchilarimiz imtihon topshirishadi va yuqori natijalarni egallaydi. 

Sertifikat olgan o‘quvchilarimiz ichida har yili 3 nafari Germaniyada yozda bepul tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Shu kunga qadar 32 nafar o‘quvchimiz Germaniyada ta'lim olib kelishdi. Chet elda o‘qib kelish bilan o‘quvchilarimizning dunyoqarashi butunlay o‘zgaradi. Bilim darajasi, bilim jihatidan qo‘shimcha amaliyot bo‘ladi ular uchun. Bundan tashqari, litsey o‘qituvchilari har 2 yilda bir marta Germaniyada malaka oshirib kelamiz.

2009 yilda shartnoma tuzilgandan buyon umumiy hisobda 100 dan ortiq o‘quvchimiz sertifikat olgan. Avvaliga dargohda nemis tilining o‘zi o‘qitilar edi. Hozirgi kunda nemis tilining o‘zi emas, MIT degan loyiha ochilgan. Matematika, informatika va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitib kelyapmiz.

Bugungi kunda Germaniyaning meditsina, avtomobilsozlik va tel tillar institutlarida o‘quvchilarimiz tahsil olib kelmoqda», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda akademik litseyning nemis tili o‘qituvchisi Saydullo Fayozov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid