Jahon | 20:04 / 29.04.2021
16126
2 daqiqa o‘qiladi

Ish qurolli kuchlardan foydalanishgacha yetib borsa, bu urushga aylanadi – Qirg‘iziston parlamenti spikeri

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida 60dan ortiq kishi jarohatlangan, 5 kishi vafot etgan.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida kuzatilayotgan to‘qnashuvlar ortidan Bishkek shahrida miting bo‘lib o‘tdi. Unda Qirg‘iziston parlamenti spikeri Talant Mamitov chiqish qildi.

"Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, barcha kuch ishlatish tuzilmalari nazorat ostida. Chegarada sodir bo‘layotgan holatga qurolli kuchlarimiz aralashmayapti. Bu bilan ikki mamlakat chegara xizmatlari shug‘ullanmoqda. Agar ish qurolli kuchlardan foydalanishgacha yetib borsa, bu urushga aylanib ketishi mumkin. Hozirda vaziyatni diplomatik yo‘llar orqali izga solish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda. Bunga to‘sqinlik qilmang, aksincha,yordam bering", - dedi u.

Ma'lumot uchun, 28 aprel kuni Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida mojaro yuzaga kelishi ortidan 29 aprel kuni qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mojaro oqibatida har ikki tomondan 60dan ortiq kishi jarohatlangan, 5 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid