Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat amaldorlarining xizmat mashinalariga yangi turdagi avtoraqamlar beriladi
1 iyuldan boshlab davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi xizmat avtotransportlari uchun yangi tipdagi davlat raqami belgilari joriy etiladi.
29 aprel kuni qabul qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, bu ishlar davlat organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ortiqcha budjet xarajatlarining oldini olish va davlat mulkidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi:
- yangi tipdagi davlat raqami belgilari 1 iyulga qadar tayyorlanishini ta'minlashi;
- davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, zarur tushuntirish ishlarini olib borgan holda, ushbu qaror talablarini yetkazishi kerak.
Bundan tashqari, IIV Adliya vazirligi bilan birgalikda 1 avgustga qadar avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi talab etiladi.
Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari 1 avgustga qadar:
- xizmat avtotransport vositalarining davlat raqami belgilarini yangi tipdagi davlat raqami belgilariga almashtirish uchun ularning tegishli ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi;
- xizmat avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlardan ozod qilinadi.
- 2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan davlat organlari xizmat mashinalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
09:46 / 22.05.2025
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 722 million so‘mga sotildi
08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi
13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi
16:42 / 07.02.2025