Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar aholisi soni 2,7 mln kishidan oshdi. Uch oyda qariyb 4 ming kishi vafot etgan
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahar doimiy aholisi soni 2021 yil 1 aprel holatiga 2,71 mln kishini tashkil etib, 2020 yilning yanvar-mart oylarida 21,8 ming kishiga yoki 0,8 foizga o‘sgan.
Toshkent shahar Statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yil yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar 13,3 ming bola, vafot etganlar 3,9 ming kishini tashkil qildi.
Poytaxtning FHDYo bo‘limlarida 2021 yil 1 aprel holatiga 4,7 mingta nikoh, 1,3 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.
Avvalroq, O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 34,7 millionga yetgani xabar qilingandi.
2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 695 600 kishini tashkil etdi. Aholi soni yil boshidan buyon 136 700 kishiga yoki 0,4 foizga ko‘paygan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:50 / 24.05.2025