Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri nizo hududiga KXShT qo‘shinlarini kiritishni taklif qildi
U shuningdek, chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga qurolga ega bo‘lish imkonini berish masalasini ko‘targan.
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Feliks Qulov chegaradagi nizo hududiga KXShT qo‘shinlarini kiritishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga amal qilinishini nazorat ostiga oladi.
Qulov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga ana shunday taklif bilan murojaat qildi.
«Biz KXShT a'zosi sifatida tashkilotning boshqa a'zolariga qirg‘iz-tojik chegarasiga tinchlikparvar bo‘linmalarini kiritishi va jangovar harakatlar hamda qurolli to‘qnashuvlar to‘xtatilishini nazorat qilishini so‘rab murojaat qilishimiz kerak. Har bir kun yangi qurbonlarni olib kelmoqda. Buni hozir va zudlik bilan qilmasak, keyin kech bo‘ladi», — deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar kiritilishi o‘n minglab odamlar uchun tug‘ilib-o‘sgan joylariga qaytish imkonini beradi.
U shuningdek, chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga qurolga ega bo‘lish imkonini berish masalasini ko‘targan.
KXShT – kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiradi.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024