Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston chegaradagi mojaro vaqtida qo‘lga olingan o‘n kishini Qirg‘izistonga qaytardi
Qirg‘iziston fuqarolari Botken oblasti rahbari Omurbek Suvonaliyev va So‘g‘d oblasti rahbari Rajabboy Ahmadzoda o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qaytarilgan.
Tojikiston hukumati chegaradagi mojaro vaqtida qo‘lga olingan o‘n kishini Qirg‘izistonga qaytardi. Bu haqda Botken oblasti ma'muriyatiga tayanib «Interfaks» xabar bermoqda.
Ma'muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Botken oblasti rahbari Omurbek Suvonaliyev va So‘g‘d oblasti rahbari Rajabboy Ahmadzoda o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qaytarilgan.
Uning aytishicha, Qirg‘iziston fuqarolari chegaradagi mojaro vaqtida tojikistonlik harbiylar tomonidan qo‘lga olingan.
Shanba kuni Qirg‘iziston va Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Qamchibek Toshiyev va Saymumin Yatimov Botken oblastidagi uchrashuv natijalariga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish va chegara yaqinida joylashgan harbiylarni olib ketish bo‘yicha protokol imzoladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025