Samarqand viloyatida 2021 yil 1-chorakda 7,9 milliard so‘m budjet mablag‘lari sarflanishida qonunbuzilish holatlari aniqlangan
2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishida Samarqand viloyatida 7,9 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotda ma'lum qilinishicha, mamlakat bo‘ylab 189,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanishida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd so‘m), Toshkent (12,1 mlrd so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd so‘m), Xorazm (6,4 mlrd so‘m), Buxoro (6 mlrd so‘m), Namangan (5,2 mlrd so‘m), Navoiy (1,4 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd so‘m) qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.
Mavzuga oid

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025