Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik neft kompaniyasining sof daromadi 30 foizga o‘sdi
Dunyoda neft zaxiralari va uni qazib olish hajmi bo‘yicha eng yirik kompaniya Saudi Aramco’ning 2021 yil 1-chorakdagi sof daromadi yillik hisobda 30 foizga o‘sdi va 21,7 mlrd dollarni tashkil qildi.
Saudiya Arabistoni kompaniyasida bunday o‘sish neft bozorida narxlar ko‘tarilgani hamda neftni qayta ishlash va kimyo sanoatidagi yuqori marja (tannarx va narx o‘rtasidagi farq) bilan tushuntirildi.
Saudi Aramco’ning 1-chorakdagi kapital xarajatlari 8,2 mlrd dollarni tashkil qildi va 2020 yilning 1-choragiga nisbatan 10,8 foizga o‘sgan.
Kompaniya o‘z aksiyadorlari oldidagi majburiyatlarini bajarib, dividendlar to‘lash uchun 18,8 mlrd dollar yo‘naltiradi.
Saudi Aramco 1-chorakda kuniga o‘rtacha 11,5 mln barrel neft ekvivalentida uglevodorodlar qazib olgan. Bundan 8,6 mln barrelini neft tashkil qilgan.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof daromadi deyarli 2 barobarga – 2019 yildagi 88,2 mlrd dollardan 49 mlrd dollargacha qisqarib ketgandi. 2020 yil pandemiya sababli kompaniya tarixidagi eng og‘ir yillardan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda
22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi
11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
10:05 / 11.04.2025