O‘zbekiston | 09:39 / 06.05.2021
1735
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda boks maktabi quriladi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida Andijon boks maktabini yaratish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Mazkur yig‘ilishda Andijonda boks maktabi binosini qurish bo‘yicha bir nechta loyiha ko‘rib chiqilgan.

Boksni aholi o‘rtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash ko‘zda tutilgan mazkur sport maktabiga o‘quvchilar 7-sinfdan qabul qilinadi. O‘qish muddati 5 yil etib belgilanadi. Shuningdek, ta'lim olib, boks bilan shug‘ullanish bepul etib belgilanadi.

Boks maktabi qachondan qurila boshlanishi va joylashuvi haqida ma'lumotlar taqdim etilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid