Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahrining ba'zi hududlarida tabiiy gaz o‘chiriladi
“Bog‘ishamol” gaz tarqatish shoxobchasi 2-tarmog‘ining chiqish qismidagi yuqori bosimli gaz quvuridagi nosozlikni bartaraf etish maqsadida Andijon shahrining ba'zi hududlarida tabiiy gaz o‘chiriladi.
“Bog‘ishamol” gaz tarqatish shoxobchasi 2-tarmog‘ining chiqish qismidagi yuqori bosimli gaz quvuridagi nosozlikni bartaraf etish, zulfinlarni ta'mirlash hamda “Yoyilma” (1-son) MFY hududidagi diametri 89 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurining nosoz qismini ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Yoyilma” (1-son), “Sog‘lom avlod” (2-son), “Iqbol”, “O‘rikzor” (3-son), “Barkamol” (4-son), “Qoratut” (5-son), “A.Bakirov”, “H.Ahmedov”, “Yangihayot”, “Bog‘ishamol”, “Chorvador”, “Oxunboboyev”, “Pistamozor” hamda “O‘zbegim” MFYlari o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2021 yil 10 may kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi
11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
20:39 / 26.03.2025