Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tadbirkorlar huquqini poymol qilgan 43 nafar mansabdor jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyatida 2021 yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida tadbirkorlar huquqini poymol qilgan 43 nafar mansabdor salkam 24 million so‘m jarimaga tortilgan. Bu haqda Biznes-ombudsman devonining viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi mas'uli Sheroz Shodiyev ma'lum qilgani aytilmoqda.
Daryo'ni yozishicha, 2021 yilning yanvar—may oylarida Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi xodimlari tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini buzgan 43 nafar mansabdorga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirgan.
«Ma'muriy bayonnomalar asosida mansabdor shaxslardan 23 million 428 ming 500 so‘m jarima undirilgan. Tahlillarga ko‘ra, viloyatda eng ko‘p qonunbuzilish holati soliq idorasi mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan bo‘lib, ular bu qilmishi uchun 16 million 656 ming 500 so‘m miqdorida jarima to‘lagan. Shuningdek, tijorat banklari mansabdorlari tadbirkorlik sub'yektlari murojaatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqmagani uchun 1 million 159 ming so‘m jarimaga tortilgan», — deydi Sheroz Shodiyev.
Biznes-ombudsmanning viloyatdagi mas'uliga ko‘ra, hududda tadbirkorlar huquqini poymol qilgan hokimlik mansabdorlari ham xatti-harakatiga javob berib, 958 ming so‘m jarima to‘lagan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
22:58 / 30.12.2024