Jamiyat | 16:21 / 12.05.2021
10751
1 daqiqa o‘qiladi

Chorvoq hududidagi davlat mulki auksionda boshlang‘ich narxidan 2 barobar qimmatga sotildi

1,4 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yilgan davlat mulki auksionda 3,2 mlrd so‘mga sotildi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq tayanch punkti bino-inshootlari boshlang‘ich narxidan 2 barobar qimmatga sotildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan ma'lum qilishlaricha, obektning boshlang‘ich narxi 1,4 milliard so‘m bo‘lgan. Besh nafar ishtirokchi qatnashgan savdoda obekt 3,2 milliard so‘mga sotilgan.

Bino-inshootlar obektini sotib olgan g‘olibga bir qancha majburiyatlar yuklanadi. Xususan, 24 oy davomida turistik xizmat ko‘rsatish majmuasi – kamida 3 yulduzli, 50 xonali mehmonxona tashkil etishi lozim.

Amalga oshiriladigan loyiha «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishilishi talab etiladi.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi yarim yillikda 1,5 trillion so‘mlik 550ta davlat aktivini sotish kerakligini aytgandi.

Mavzuga oid