Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida «mahallabay» ishlash tizimi joriy etiladi
Prezidentning 2021 yil 6 maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 2021 yil 1 iyundan boshlab Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida "mahallabay" ishlash tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Bunda:
- “mahallabay” ishlash markazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
- tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;
- mahalla fuqarolar yig‘ini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;
- hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining o‘zaro uzviy hamkorlikda ishlashi ta'minlanadi.
Markazlar faoliyati Past Darg‘om, Urgut va Bulung‘ur tumanlarida joriy yil 1 iyundan boshlab hamda Samarqand viloyatining qolgan tuman (shahar)larida 1 avgustga qadar tashkil etiladi.
Markazlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagicha:
- aholining bandligini ta'minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish;
- “mahallabay” ishlash asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
- tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda ko‘maklashish;
- tadbirkorlik, hunarmandchilik qilish istagini bildirganlarga zamonaviy asbob-uskunalar hamda mini-texnologiyalar topishda ko‘maklashish;
- mahalladagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish choralarini ko‘rish hamda xorijda mehnat faoliyatini yuritish va malaka oshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlash.
Aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni ta'minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘zaro bog‘liq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi "Onlayn mahalla" dasturiy ta'minoti ishlab chiqiladi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda mazkur eksperimentni 2022 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritish topshirildi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025