O‘zbekiston | 10:04 / 13.05.2021
2648
1 daqiqa o‘qiladi

Loyqa suv sabab Namangan shahrining ma'lum qismiga maxsus mashinalarda suv yetkazilmoqda

“Namangan suv ta'minoti” axborot xizmatining xabar berishicha ob-havoning noqulay kelishi aholiga ichimlik suvini yetkazib berishda muammolar keltirib chiqargan.

«Namangan katta kanali va Shimoliy Farg‘ona kanalida suvning loyqalik darajasi me'yoridan bir necha marotaba ko‘tarilib ketishi, hatto to‘q sariq bo‘tana holatiga kelish holatlari kuzatilib, bunday holatda inshootlarning quvvati o‘ta loyqa suvni tindirib, tozalab ulgurmasligi sababli kanaldan suv olishni to‘liq to‘xtatishga majbur bo‘lind», — deyiladi axborot xizmati xabarida.

Tashkilot tomonidan ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan hududlarga maxsus avtotransportlarda ichimlik suvi muntazam yetkazib berilayotgani aytib o‘tilgan.

Mavzuga oid