Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelmoqda
Toshkentda 14-15 may kunlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan, deyiladi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabarida.
Bundan oldin, Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024