Sport | 16:14 / 13.05.2021
17291
1 daqiqa o‘qiladi

YeChL finali boshqa shaharga ko‘chirildi

UYeFA Chempionlar Ligasi finali mezbonini o‘zgartirdi. 

O‘yin Portugaliyadagi «Dragau» stadioniga ko‘chirildi. 

29 may kungi o‘yinda stadionga finalchilar — «Manchester Siti» va «Chelsi»ning 6 ming nafardan muxlisi kirishiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, final aslida Istanbulda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Turkiyada koronavirus bilan vaziyat og‘irligi sababli bellashuv joyi o‘zgartirildi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid