Jahon | 20:54 / 14.05.2021
42403
3 daqiqa o‘qiladi

Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi?

Qayd etilishicha, «Temir gumbaz» o‘tgan o‘n yil davomida 2500tagacha raketani tutib qolgan.

Foto: Reuters

Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi radar, nazorat markazi va dushman raketasini yo‘q qiluvchi qurilmadan iborat. U yaqinlashib kelayotgan raketaning yo‘nalishi va qayerni mo‘ljallaganini bir necha soniya ichida aniqlaydi. Bu haqda Deutsche Welle yozmoqda.

«Temir gumbaz»ning har bitta blokida raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan, 20tagacha raketa otadigan uch-to‘rttadan qurilma mavjud. Ular dushman raketasi aholi maskani tomon harakatlangandagina ishga tushadi. Raketa dushman raketasiga kelib urilmaydi, balki uning yonida portlaydi va yo‘q qiladi. 

Qurilmalarni mobil bloklar yordamida butun mamlakat bo‘ylab olib yurish mumkin – Isroil o‘nta ana shunday blokka ega. Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, butun Isroilni himoya qilish uchun 13ta qurilma kerak bo‘ladi.

«Temir gumbaz»ning asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqori tezligi hisoblanadi: shaharlarning G‘azo sektori chegarasidan joylashgan masofasiga qarab raketalarning nishonga yetib borishi 90 soniyadan oshmaydi.

 Qayd etilishicha, «Temir gumbaz» o‘tgan o‘n yil davomida 2500tagacha raketani tutib qolgan.

 Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra,har bir mudofaa raketasining otilishi mamlakat budjetiga 66 ming yevroga tushadi. Shu bois harbiylar faqat aholi maskanlariga xavf soladigan raketalarnigina urib tushiradi. AQSh «Temir gumbaz»ni ishlab chiqishni qisman moliyalashtirgan. Vashington o‘z ehtiyoji uchun ikkita ana shunday qurilma sotib olgan.

Mavzuga oid