Jamiyat | 11:29 / 14.05.2021
21094
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yana bir yirik YTH ro‘y berib 2 kishi vafot etdi, 2 kishi shifoxonaga yotqizilgan

12 may kuni Norin tumanining “Cho‘ja — Haqqulobod” yo‘lida Neksiya, Damas hamda UAZ mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan avtohalokatda 2 kishi halok bo‘lgan.  

2021 yil 12 may kuni soat 10:30 larda, “Cho‘ja — Haqqulobod” avtomobil yo‘lining 22-km.da, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi Neksiya avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomobilga to‘qnashib ketadi. So‘ng ushbu avtomobil orqasida harakatlanib kelayotgan UAZ avtomobili bilan to‘qnashgan. 

Natijada, Neksiya rusumli avtomobilda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi “bosh miya ochiq shikasti” jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. 
Shuningdek, Neksiya haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchi “bosh miya shikasti, bosh miya chayqalishi, qo‘shma shikasti” tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

  • So‘nggi kunlarda respublikaning turli hududlarida yirik yo‘l-transport hodisalari ko‘p kuzatilmoqda. 8 may kuni Farg‘ona viloyatida, 10 may kuni Qashqadaryo viloyatida ro‘y bergan YTHlar oqibatida 6 va 7 nafardan odam halok bo‘lgandi, 11 may kuni esa Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri yaqinida 3ta avtomobil ishtirokidagi mudhish yo‘l-transport hodisa natijasida 6 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga oid