Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 34 mln so‘mlik kimyoviy dori vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi
Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 34 million so‘mlik kimyoviy dori vositalarining mamlakat hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishi oldi olindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Vodil—Oltiariq yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro B.N. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi kuzatuvga olinib, to‘xtatilgan. Avtomashina o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 34 million so‘mlik 6 turdagi kimyoviy dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Buvayda tumanida qiymati 72 million so‘mlik 40 dona “WI FI TV” nomli 32 dyuymli televizorlarning noqonuniy savdosi fosh etilgani bo‘yicha xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025