Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi avtohalokat qurboni bo‘ldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab vafot etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
1978 yilda tavallud topgan Maqsudbek Qilichev faoliyatini “Xalq banki” Xorazm viloyati Xiva filialida oddiy ishchilikdan boshlagan. Oliy tahsildan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudida kotib, Xiva tuman tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi axborot maslahat konsalting markazining huquqiy maslahatchisi, advokatlik firmasi rahbari vazifalarida ishlagan.
U 2012-2017 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi bo‘lgan, vafotiga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“Sudyalar oliy kengashi jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, musibatda chiroyli sabr tilaydi”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

10:54 / 29.04.2025
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025