O‘zbekiston | 07:55 / 18.05.2021
4071
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi bir yarim oyga yopiladi

Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi bir yarim oyga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yo‘l ta'mirlash ishlari sababli 18 may soat 00:00dan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Nurafshon va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari oralig‘idagi qismida yo‘lning bir tomoni bir yarim oy muddatga avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Qayd etilishicha, ikki tomonlama harakatlanish yo‘lning bitta qatnov chizig‘i orqali amalga oshiriladi. 

Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid