BMT Orolbo‘yi hududi bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev taklif etgan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi
2020 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi davomida global iqlim o‘zgarishlari va Orolbo‘yi hududidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgandi.
18 may kuni BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi davomida global iqlim o‘zgarishlari va Orolbo‘yi hududidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgandi.
«E'tiboringizni yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratmoqchiman. Orolbo‘yi hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.
Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, ushbu fond og‘ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi», degandi O‘zbekiston prezidenti.
Mavzuga oid
00:36
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024