Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brent rusumidagi neft narxi 70 dollardan oshdi
Tahlilchilarning fikricha, Brent narxi oshishiga AQSh va Yevropada koronavirus cheklovlarining olinishi ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Mart oyidan buyon birinchi marta Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 70 dollardan oshdi. Iyul fyucherslari uchun bir barrel neft narxi 70,21 dollarni tashkil etdi.
Neft narxi pandemiya bois to‘planib qolgan neft zaxiralari talab tiklanishi tufayli qimmatlashmoqda, deb yozadi Bloomberg.
O‘tgan haftada Xalqaro energetika agentligi rivojlangan mamlakatlardagi neft zaxiralari o‘tgan yildagiga nisbatan «odatiy darajaga qaytgani»ni ma'lum qilgandi.
Tahlilchilarning fikricha, Brent narxi oshishiga AQSh va Yevropada koronavirus cheklovlarining olinishi ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda
22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi
11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
10:05 / 11.04.2025