Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning Vengriyadan tashqari barcha mamlakatlari Isroil va Falastinni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya YeI xulosasiga qo‘shilmagan. Budapesht nima uchun bunday qarorga kelganiga aniqlik kiritilmagan.
Yevroittifoqning 27 mamlakatidan 26tasi tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharq ixtilofidagi tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma'lum qildi.
«Men 27 mamlakatdan 26tasi munozaralarning umumiy ma'nosini qo‘llab-quvvatlaganini ma'lum qilishdan mamnunman. Hozirda ustuvorlik o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish, aholini himoya qilish va gumanitar yordam», – dedi u.
TASS manbasining so‘zlariga ko‘ra, YeI xulosasiga qo‘shilmagan mamlakat Vengriyadir. Budapesht nima uchun bunday qarorga kelganiga aniqlik kiritilmagan.
Falastin va Isroil o‘rtasidagi raketa otishmalari 10 maydan buyon davom etmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Isroil tomondan kamida 10 kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar jarohatlangan. Falastin tomoni 200dan ortiq kishi halok bo‘lgani va 6 mingga yaqin kishi yaralanganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025