Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda tilla tishlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Shu yil 14 may kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.
U shu yil 10 may kuni soat 13:30dan soat 15:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs yashash uyi hovlisiga devor oshib tushib, xonada bo‘lgan, umumiy narxi 4 600 000 so‘mlik ayollar kiyimlik materiallarini, 3 dona tilla tishlari va 3 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025