Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tanishining 121 million so‘m pulini o‘zlashtirgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Tergov departamenti
Samarqand viloyati Samarqand tumanida tanishining 121 million so‘mlik 19 tonna temir armaturasini olib, pulini bermay kelayotgan firibgarlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 43 yoshli fuqaro Z.Maxmur Samarqand viloyati hokimiga ariza bilan murojaat qilib, o‘zining tanishlari bo‘lgan firibgarlardan 121 million so‘m pulini undira olmay yurganini ma'lum qilgan.
Murojaatda yozilishicha, 2020 yilning mart oylarida Z.Maxmur Samarqand tumani O‘rtashiq mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli MChJ omboridan tanishlari 23 yoshli I.Sherzod va X.Murodillolar 10 kun davomida pullarini berish sharti bilan 1 tonnasi 6.400.000 so‘mdan bo‘lgan jami 121.600.000 so‘mga teng 19 tonna temir armaturalarini olib ketib, hanuzgacha turli bahonalarni vaj qilib, pullarini bermasdan kelayotganliklarini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta'kidlanishicha, jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari, taraflarning vajlari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ma'lum qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoroda zaxiradagi yer maydonini 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025