O‘zbekiston | 12:51 / 19.05.2021
11624
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi

Hukumatning tegishli qarori bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi.

Ma'lum qilinishicha, qarorga ko‘ra:

  • Filialda ta'lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
  • Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
  • Kelgusi yillarda filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;
  • Samarqand viloyati hokimligi filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta'minlaydi.

Ma'lumot uchun, 2020 yil 4 iyun kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz’da Vazirlar Mahkamasining Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ID-18502-sonli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan edi.

«Urgut» erkin iqtisodiy zonasi yanada kengaytiriladi, SamDUning Urgut filiali ochiladi

SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali va Transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etiladi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid