O‘zbekiston | 16:19 / 20.05.2021
28996
2 daqiqa o‘qiladi

«Adiblar xiyoboni»da talonchilik qilib yurgan shaxslar ushlandi. Ular orasida 16 yoshli qiz ham bor

2021 yilning 16 may kuni tungi soat 22:00larda bir nechta noma'lum shaxslar Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Adiblar xiyoboni”dagi o‘rindiqda o‘tirgan fuqarolar, 19 yoshli Omadbek A. va Maftuna R.ning yoniga kelgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, ular Omadbek A.ning faol qarshilik qilishiga qaramay, uning cho‘ntagidagi hamyonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan qochayotganlarida ushbu hududda xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinganlar.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 20 yoshli Doniyor I., 22 yoshli Azamat R., 19 yoshli Muhammadbobur O. va 16 yoshli Shahzoda X. sodir qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari jarayonida ushbu shaxslar 2021 yilning 16 may kuni soat 12:00larda “Adiblar xiyoboni”da bo‘lgan fuqaro 22 yoshli Shahzod T. Va tanishi, 16 yoshli Mahliyoxon A.ning yoniga kelib, ularga tegishli 2 500 000 so‘mlik “Samsung A-51” va 2 000 000 so‘mlik “Samsung-02S” rusumli telefon apparatlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilganliklari aniqlanib, jabrlanuvchilar tomonidan tanib olinganlar.

Jinoyat ishi doirasida Doniyor I., Azamat R., Muhammadbobur O. va Shahzoda X.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari aniqlanib, huquqiy baho berilishi ta'minlanadi, deyiladi xabarda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid