Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘rik eksporti boshlandi
Farg‘ona viloyatidan chetga o‘rikning ertapishar navini eksport qilish boshlandi.
Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Farg‘ona, Oltiariq, Rishton, Beshariq va O‘zbekiston tumanlari bu borada yetakchilik qilishmoqda.
“Marg‘ilon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining Oltiariq tumanida joylashgan eksportga ko‘maklashish bojxona punkti tomonidan sutkaning 24 soati davomida qishloq xo‘jaligi tovarlari eksporti bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan.
2020 yilda viloyatdan jami 17 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 19 ming 366 tonna o‘rik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Litva, Latviya, BAA, Ukraina va Germaniya kabi davlatlarga eksport qilingan.
2021 yilda ham o‘rikning dastlabki partiyalari Rossiyaga eksport qilinishi boshlangan. “Marg‘ilon”, “Vodiy”, “Quvasoy” va “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan eksport bojxona rejimiga o‘rik mahsulotlari rasmiylashtirilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyatidan 2020 yilning 9 oyi davomida xorijga qancha gilos eksport qilingani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025