O‘zbekiston | 17:21 / 22.05.2021
14216
2 daqiqa o‘qiladi

Pul topish bolani buzadi desak, hech qachon boy bo‘lmaymiz - xalq ta'limi vaziri

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning ma'lum qilishicha, yangi milliy o‘quv dasturida maktab fanlariga biznes haqida o‘qitishni qo‘shish ko‘zda tutilyapti. 

Toshkent shahrida «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.  

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, xalq ta'limi vaziri yoshlarning biznesga oid fanlarni umumta'lim maktablarida o‘qitish borasidagi takliflarini qo‘llab-quvvatladi. 

«Yangi milliy o‘quv dasturida ham maktab fanlariga biznes haqida o‘qitishni qo‘shishni ko‘zda tutamiz. Lekin buni kiritish ham oson bo‘lmayapti. Chunki juda ko‘pchilik maktabda biznes haqida, pul topish haqida gapirilsa, bu bolalarimizning tarbiyasini buzadi, deb o‘ylaydi. Mana kommersantlarni tarbiyalayapsan, deydi. Tarbiya darsligining ichida ham bolalarga biznes haqida gapirgan ekanmiz, darrov internetda muhokama bo‘ldi. 

Lekin bir narsani aytib qo‘yish kerak. Pul topish bola tarbiyasini buzadi degan fikr miyamizda turadigan bo‘lsa, hech qachon boy bo‘lmaymiz. Pul topish, odam yomon bo‘ladigan bo‘lsa, yomonligini kuchaytiradi. Odam yaxshi bo‘ladigan bo‘lsa, boy bo‘lsa, ko‘proq saxovat qiladi, yordam beradi», - dedi vazir. 

Avvalroq, Sherzod Shermatov sinflarda o‘quvchilar sonini 24 nafar qilishga qo‘shimcha 9 trln so‘m mablag‘ ketishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid