Rossiya va O‘zbekiston axborot almashish to‘g‘risida kelishuvga erishdi
Prezident qarori bilan "O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida ichki ishlar organlarining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborot hamkorligi va elektron shaklda o‘zaro axborot almashish to‘g‘risida"gi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2020 yil 15 dekabrda Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan. Tomonlar o‘rtasida munosabatlarda amal qiladigan xalqaro shartnomalar doirasida elektron shaklda o‘zaro axborot hamkorligini tashkil etish uning predmeti hisoblanadi. Ularni amalga oshirish uchun vakolatli organlar etib tomonlar davlatlarining Ichki ishlar vazirliklari belgilandi. Bitim doirasida davlat sirini tashkil etadigan axborot almashilmaydi.
Bitimni amalga oshirish maqsadida vakolatli organlarning vakolatli bo‘linmalari axborot va texnologik hamkorlikning texnik bayonnomalarini ishlab chiqadi.
Ularda quyidagilar belgilanadi:
axborot almashish maqsadlari va uni himoya qilish tartibi;
elektron shaklda uzatiladigan va olinadigan ma'lumotlar ro‘yxati;
ularni uzatish, saqlash va yo‘q qilish muddatlari, texnologiyasi, tartibi;
texnik vositalarni o‘rnatish, aloqa kanallarini foydalanishga kiritish va ularga xizmat ko‘rsatish muddatlari.
Shuningdek, Bitimda vakolatli organlarning vakolatlari va ularning huquqlari ham belgilangan.
Bitim diplomatik kanallari bo‘yicha tomonlar tarafidan u kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:54
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
17:47