Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport harakati 30 kunga cheklanadi
Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda transport harakati 30 kunga cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli 30 kun mobaynida quyidagi yo‘l qismlarida transport harakatlanishi cheklanadi:
KHAYdan Ahmad Donish ko‘chasiga tushish yo‘li (mo‘ljal: Taxtapul masjidi);

Ahmad Donish ko‘chasidan KHAYga chiqish yo‘li;
Ahmad Donish ko‘chasi — Sultan restoranidan KHAYga chiqish yo‘ligacha;

Ahmad Donish ko‘chasi — “Yunusobod” universami yaqinidagi chorrahadan Ahmad Donish ko‘chasiga chiqish yo‘ligacha.

Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025