Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yo‘lsozlik bo‘yicha Germaniya tajribasidan foydalaniladi” – Toshkent davlat transport universitetida onlayn muloqotlar olib borilmoqda
Toshkent davlat transport universitetida o‘quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg‘or va xalqaro ta'lim standartlarini joriy etish orqali zamonaviy transport mutaxassislarini tayyorlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Yaqinda universitet rahbariyati ta'lim jarayoniga xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida navbatdagi onlayn uchrashuvni o‘tkazdi.
Germaniyaning Drezden texnika universiteti xalqaro munosabatlar va texnologiyalar tranferi bo‘yicha prorektori, professor Ronald Tetzlaf (Dr.Ronald Tetzlaff) rahbarligidagi delegatsiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo‘lgan zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashindi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga qilgan tashrifini yaxshi eslayman, – dedi janob Ronald Tetzlaf. – Tashrif davomida Prezidentingiz O‘zbekistonda katta imkoniyatlar borligini, Germaniya universitetlari filiallarini ochishni taklif qilib, barchamizni O‘zbekistonga chaqirgan edi. Rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi dasturlarimiz nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi Drezden texnika universitetining birinchi ta'lim loyihasi bo‘lishi mumkin.
Drezden texnika universiteti ham Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikdan manfaatdorligini va avtomobil yo‘llari qurilishi yo‘nalishida bakalavr, magistr, PhD, malaka oshirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida universitetlarning yo‘l xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan fakultetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali treninglar tashkil etish va startap loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Roland Berger GmbH nemis kompaniyasi mutaxassislarini kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb etishga kelishib olindi.
Toshkent davlat transport universiteti axborot xizmati.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025