Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada hujjatlarda qayd etilmagan 313 mln so‘mlik tovarlar aniqlandi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari umumiy qiymati 313,6 million so‘mlik 7840 dona yuk avtotransport vositalarining moy filtri tovarlari hujjatlarda kamaytirib ko‘rsatilganligini aniqladi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Qo‘qon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan olib kelingan yuk avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan moy filtrlari tovarlarini vaqtincha saqlash bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Mas'ul idora xodimlari tomonidan mazkur yuklar hujjatlar bilan solishtirilganida, umumiy qiymati 313,6 million so‘mlik 7840 dona yuk avtotransport vositalarining moy filtri tovarlari hujjatlarda kamaytirib ko‘rsatilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘onadagi tezkor tadbirda bojxona xodimlari 14 million so‘mlik maishiy texnikalarning hujjati yo‘qligini aniqlaganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025