Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda gullar festivali doirasidagi xalqaro ilmiy anjuman o‘z ishini boshladi
Xabaringiz bor, Namanganda joriy yilda 60-marotaba Xalqaro gullar festivali o‘tkazilmoqda. Ushbu festivalda 500 mingdan ortiq mehmonlar tashrifi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. Mehmonlar orasida qo‘shni viloyat va respublikalardan tashrif buyurgan usta gulchilar ham bor.
Ushbu festival doirasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan “Sovid-19 pandemiyasidan keyin qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va gulchilik biznesini shiddat bilan tiklash bo‘yicha innovatsion strategiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari, AQSh, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Niderlandiya, Yaponiya davlatlarining yetakchi mutaxassislari bog‘dorchilik va gulchilikni rivojlantirishga oid ma'ruzalari bilan qatnashmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston olimlari bilan bir qatorda xorijlik gul ilmining yetuk mutaxassislari ishtirok etyapti.

Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025