O‘zbekiston | 21:09 / 27.05.2021
2529
3 daqiqa o‘qiladi

Onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish uchun 2021 yilda qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratiladi

2022 yildan boshlab onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat budjetidan 125 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekiston prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan Respublika gematologiya, onkologiya va radiologiya markazlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, ishchi guruhi:

  •  2021 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi negizida 300 o‘rinli zamonaviy Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati ilg‘or xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribasidan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yilishini;
  •  ikki oy muddatda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan ta'minlash va jihozlash konsepsiyasining ishlab chiqilishini;
  •  Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini tashkil etishga xorijiy ekspertlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari jalb qilinishi, moliyaviy, tashkiliy va boshqa zarur choralar amalga oshirilishini;
  •  suyak ko‘migi o‘zak hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini birinchi bosqichda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, keyinchalik esa Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida ham joriy etilishini;
  •  Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun quriladigan bino-inshootlar kompleksi sohadagi ilg‘or xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribasini inobatga olgan holda tashkil etilishini;
  •  markazlar joylashtiriladigan binolarni ta'mirlash va jihozlash standartlari ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tibbiyot muassasalari tajribasi asosida ishlab chiqilishini hamda jihozlanishini ta'minlaydi.

Moliya vazirligi onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat budjetidan 2021 yilda qo‘shimcha 60 mlrd so‘m hamda 2022 yildan boshlab 125 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratilishini ta'minlasin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid