83 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
Sulton Ahmedov 83 yoshni qarshi olmoqda. U shu kunga qadar Andijon viloyati Xonobod shahridagi 2-maktabda minglab yoshlarga jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelmoqda.
Maktabda ish boshlaganiga esa 62 yil bo‘ldi. Shu davr mobaynida bir maktabda dars o‘tdi.
"Quvnoq startlar" musobaqasida o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgach, ustozga "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni taqdim etilgan.
Hozirgi kunda o‘quvchilarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida 2-3 km masofani piyoda yoki velosipedda bosib o‘tadi.
"Yomg‘ir-qor yog‘ayoytgan bo‘lsa ham, piyoda yoki velosipedda kelaman. Farzandlar, shogirdlar mashinada tashlab qo‘yaman deyishsa ham unamayman. Darsdan so‘ng uyga qaytgach,, 1-2 soat dehqonchilik qilaman" - deydi Sulton ota.
Qahramonimizning 5 nafar farzandi bo‘lib, barchasi oliy ma'lumotli.
Ustozning hayot yo‘li barchamizga ibrat bo‘la oladi.
Abduvali Qurbonov, kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi: Boymirza Xalilov
Mavzuga oid
20:35 / 16.11.2024
«Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasi tashkil etiladi
09:10 / 31.05.2024
Hokimlar uchun haftaning payshanba kuni to‘liq jismoniy tarbiya kuni sifatida belgilanadi
15:21 / 24.07.2023
Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi
07:31 / 14.07.2023