Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Namibiyadagi mustamlakachilik davrini genotsid deb tan oldi va 1,1 mlrd dollar beradigan bo‘ldi
Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Namibiyadan va genotsid qurbonlarining avlodlaridan kechirim so‘raydi.
Berlin Janubi-G‘arbiy Afrikadagi (hozirgi Namibiya) mustamlakachilik davridagi nemis hukumatining harakatlarini genotsid, deb tan oldi.
"Biz o‘sha voqealarni genotsid, deb e'tirof etamiz", - deyiladi Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning bayonotida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya Namibiyadan va genotsid qurbonlarining avlodlaridan kechirim so‘raydi.
Maasning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Namibiyaga 1,1 mlrd yevro miqdorida moddiy yordam ajratadi. Mablag‘ 30 yil davomida berib boriladi va rasman kompensatsiya, deb atalmaydi.
Hozirgi Namibiya hududi 1884 yildan 1915 yilgacha Germaniya mustamlakasi bo‘lgan. 1904-1908 yillardagi qo‘zg‘olonlarni bostirish chog‘ida kamida 70 ming nafar mahalliy aholi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025