Jahon | 18:23 / 28.05.2021
4924
1 daqiqa o‘qiladi

MDH mamlakatlari bosh vazirlari yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish rejasini tasdiqladi

Reja hamdo‘stlik davlatlarida epidemiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Uning yana bir maqsadi – infeksiyalarga qarshi kurashishda hamdo‘stlik mamlakatlari salohiyatini oshirish. 

Foto: RIA Novosti

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari bosh vazirlari yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish rejasini tasdiqladi. Hujjat Minskda bo‘lib o‘tgan MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida tasdiqlandi. 

Reja hamdo‘stlik davlatlarida epidemiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Uning yana bir maqsadi – infeksiyalarga qarshi kurashishda hamdo‘stlik mamlakatlari salohiyatini oshirish. 

Delegatsiyalar rahbarlari shuningdek, bir nechta xalqaro shartnomalarni tasdiqladi.

Hududlar sanitar muhofazasi va aholi bandligi sohalarida hamkorlik qilish, geodeziya, kartografiya sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha 1992 yilgi kelishuv protokoli imzolangan hujjatlar sirasiga kiradi.

Bundan tashqari, davlat moddiy zaxiralarini boshqarish organlari hamkorligi bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasi va MDH mamlakatlarining oqsil kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha 2025 yilgacha mo‘ljallangan kompleks choralari ham tasdiqlandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid