Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yoshlar oyligi» tadbirlariga start berildi
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikaning barcha hududlarida «Yoshlar oyligi» tadbirlariga start berildi.
Bu haqda 1 iyun kuni AOKAda agentlik mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, birinchi marotaba ushbu oylik doirasida har bir kunga atab yoshlar uchun maxsus tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bunda tuman (shahar)lar kesimida 30dan ortiq kreativ loyihalar amalga oshiriladi.

«Yoshlar oyligi» doirasida qator amaliy loyiha, intellektual tanlov, uchrashuv, biznes marafon, sport musobaqalari hamda gala konsertlar o‘tkaziladi.
Bunda biz jami 4 mln 300 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olmoqchimiz», – dedi agentlik direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova.

Agentlik mulozimi matbuot anjumani davomida loyihaga qancha mablag‘ ajratilyapti mazmunidagi savolga ham javob berdi.
Unga ko‘ra, «Yoshlar oyligi» tadbirlari to‘liq viloyat va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan moliyalashtiriladi. Bunda hokimliklar budjetdan orttirilgan daromadlardan foydalanadi.

30 iyun kuni tadbirlarning Toshkent shahrida o‘tadigan yakuniy final loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa jamoatchilik xabardor qilinadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda «Yoshlar kuni» 2017 yil sobiq «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tugatilib, uning o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilgan – 30 iyun kunidan boshlab nishonlab kelinadi.
Mavzuga oid
21:02 / 17.05.2025
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda
22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi
14:45 / 27.06.2024