O‘zbekiston | 15:40 / 03.06.2021
3716
1 daqiqa o‘qiladi

Xonqa tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Xonqa tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Xursandbek Bahodirovich Qurbonov Xonqa tumani hokimi o‘rinbosari, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Qayd etilishicha, bunga qadar u Xorazm viloyati davlat moliya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuningdek, Xursandbek Qurbonov budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma'lumot uchun, bundan avval Xonqa tumani hokimi o‘rinbosari sifatida Farrux Ernazarov ishlagan.

Mavzuga oid